Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Erkinjon Turdimovdan yordam so‘rab murojaat qilgan onaning farzandi shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli yaxshi

Erkinjon Turdimovdan yordam so‘rab murojaat qilgan onaning farzandi shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli yaxshi

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandining isitmasi ko‘tarilib, nafas olishi qiyinlashayotgani va "Tez yordam"ga qo‘ng‘iroq qilsada-da, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganidan shikoyat qilgan onaning viloyat hokimi E.Turdimovga video murojaati tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ushbu fuqaro Samarqand shahrida yashashi va ayni paytda bemor A.Musinov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilib, davolanayotganini ma’lum qildi.

– 10 iyuldan boshlab bemorning tana harorati 38 gacha ko‘tarilgan va uy sharoitida davolangan, – deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Bobojonov. – Lekin jarayon poliklinika bo‘lim boshlig‘i tomonidan nazorat qilib borilgan. 13 iyul kuni bemor poliklinikada tuzilgan vrachlar guruhi tomonidan ko‘rilgan va umumiy ahvoli to‘g‘ri baholanib, stasionarga yotqizilgan. Hozirda bemorning umumiy holati yaxshi.
 

Kiritildi: 13:55 18.07.2020. O'qildi: 3625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!