Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Erkaklik hayf..."

"Erkaklik hayf..."

Ayoli ila yashaydigan, ammo ayoli o‘zini ersizdek his qiladigan har bir kimsalarga erkaklik hayf...

Boshqa ayollarga chiroyli so‘zlaydigan, ammo o‘z ayoli undan bir og‘iz yaxshi so‘z eshitishga muhtoj kimsalarga erkaklik hayf...

Ayoliga o‘zi podshoh-u ayoli quldek yoki xizmatkor cho‘ridek muomala qiladigan, ayolining his-tuyg‘ulari va qadr-qimmatini bir tiyinga olmaydigan kimsalarga erkaklik hayf...

O‘zi sokin uxlaydigan, ayoli esa u sababli mahzun va achinarli holatda yig‘lab o‘tiradigan kimsalarga erkaklik hayf...

Dag‘al va qo‘pol bo‘lishni erkaklik deb hisoblaydigan kimsalarga erkaklik hayf...

G‘azabkorlik va zulmkorlikni kuch-quvvat deb hisoblaydigan kimsalarga erkaklik hayf...

Ayoliga cho‘ridek yoki faqatgina taom pishiruvchi ishchidek qaraydigan yoxud eri kelganda soqovdek jim turishini lozim deb biladigan kimsalarga erkaklik hayf...

Aslida, o‘zi oilaning yetakchisi, oila baxtli saodatli bo‘lishiga mas’ul bo‘la turib, ayolini bunga javobgar hisoblaydigan kimsalarga erkaklik hayf... 

Arzimagan mayda-chuyda sabablar bois urish-janjal qiladigan,  ayolini o‘zini himoya qilishdan man etib, o‘zining erkak ekanini peshlaydigan kimsalarga erkaklik hayf...

Ayolning huquqini go‘yoki u bir hayvon va uning vazifasi faqatgina taom pishirish, ichimlik tayyorlash deb biladigan kimsalarga erkaklik hayf...

Garchi Alloh taolo ayolga so‘zlashuv va tuyg‘ular ne’matini ato etgan bo‘lsa-da, ayoli uning oldida gungdek jim turishini lozim biladigan kimsalarga erkaklik hayf...

Ayman Yog‘iy

Islom – ayollarning qadr-qimmatini baland ko‘targan, jamiyatning teng huquqli a’zosi ekanini bildirgan, ularni ehtirom qilishga undagan dindir!

Jobir roziyallohu anxudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajida:

«Ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar! Zotan, ularni Allohning omonati ila (nikohingizga) olgansizlar. Ularning farjlarini Allohning kalimasi ila halol qilib olgansizlar», deb aytdilar”.

Muslim rivoyati.

Bugungi kunda ba’zi insonlar erkak deganda ayoliga gapini o‘tkaza oladigan, gah desa qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan, aytganini indamay qiladigan, nima desa ham aytgani bo‘lishini shart deb biladiganlarni tushunishadi. Bunday kimsalar haqiqiy erkaklikdan uzoq bo‘lgan,  uyda o‘zini sherdek, ko‘chada esa quyon bolasidek tutadigan, ayolini garchi loyiq bo‘lmasa-da haqorat qilish, so‘kish, urishni gunoh deb biladigan qadri o‘ta past kimsalardir.

Men topib kelib, senlar yeb o‘tiribsanlar, deya ta’na qiladiganlar bor.

Uydagilar qullar, o‘zi esa podshoh deya biladiganlar bor.

Aslida, bu holatlar erkaklik emas, zulmkorlik, haqiga xiyonat va soxta erkaklikdan boshqa narsa emas.

Kimda shunaqa fe’llar bo‘lsa o‘zgarishi lozim. Bo‘lmasam, bundayin erkaklarga hayf bo‘lsin.

Sunnatulloh Abdulbosit

Kiritildi: 07:10 01.12.2020. O'qildi: 6394 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!