Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erkak o‘zini Vishnu xudosi deya ta’kidlamoqda

A A A
Erkak o‘zini Vishnu xudosi deya ta’kidlamoqda

Rahbariyat o‘tgan sakkiz oy ichida ko‘p marota ishiga kelmaganligi uchun Rameshchandra Fefarni iste’foga chiqarish masalasini ko‘targanida, u o‘zini Vishnu xudosi deb e’lon qildi, deya xabar bermoqda “planetanovosti.com”.

Rameshchandraning so‘zlariga qaraganda, u jismonan ofisda bo‘la olmaydi, chunki u butun dunyo aholisining ongini o‘zgartirish uchun 5-o‘lchovga kirib, uyida tavba qilishi kerak ekan.

Hindiston fuqarosi, agar uning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, o‘zidagi birinchi o‘zgarishni 2010 yilda ofisda bo‘lganida his qilgan. Aytishicha, u hozirgacha odamlarning manfaati uchun xizmat qilgan: dalalarni qurg‘oqchilik, ofatlar va boshqalardan qutqarib qolgan ekan.

Kiritildi: 17:14 11.06.2018. O'qildi: 2441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik