Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Erining isqirt hayot tarzini ommaga ko‘rsatgan ayol Instagram yulduziga aylandi (foto)

Erining isqirt hayot tarzini ommaga ko‘rsatgan ayol Instagram yulduziga aylandi  (foto)

Turmush o‘rtog‘ining tartibsiz hayot tarzini ommaga namoyish etgan yosh ayol Instagram yulduziga aylandi, deb xabar qilmoqda SoraNews24.

Gap shundaki, ayol isqirt eri bilan janjallashishga vaqt yo‘qotishni istamadi, buning o‘rniga uning hayot tarzi aks etgan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylab bormoqda. Xususan, Instagrammdagi suratlarda xonalar bo‘ylab yoyib tashlangan paypoqlar, yuvilmagan idish-tovoq, taroq aks etganini ko‘rish mumkin.

Ayolning postlarida jahl umuman sezilmaydi, u shunchaki suratlar tagida hazilomuz va pozitiv izohlarni qoldirib bormoqda. Uning gaplarida turmush o‘rtog‘iga va jajji qizalog‘iga muhabbat sezilib turadi.

Oilaning hayot tarzini kuzatib boruvchilar soni ayni vaqtda 270 mingga yetgan.

Kiritildi: 11:08 30.07.2019. O'qildi: 8172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!