Armaniston poytaxti Yerevanda texnik sabablarga ko‘ra metro ishlamaydi.
Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, metro kunduzi yo‘lovchilar uchun ishlamaydi.
“Hurmatli yo‘lovchilar, bugun Yerevan metrosi texnik nosozliklar tufayli yopilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Kecha Yerevan metrosi bekatlar o‘rtasida poyezdlar ishdan chiqishi sababli cheklovlar bilan ishlagan.