Erevan Boku bilan sulh shartnomasi imzolashga hozirlanmoqda.
Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan mahalliy OAVlarga ma’lum qilgan. U 5-oktyabr kuni Granadada har ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida “olg‘a qadam” tashlanishini juda istayotganini aytdi.
“Biz bu tarixiy qadamni tashlashimiz kerak. Abadiy urush hech kimga kerak emas. Biz bunga [sulh shartnomasi imzolashga] tayyormiz”, — degan Simonyan.