FETO harakati rahbari Fathulloh Gyulen AQShning Pensilvaniya shtatida vafot etdi. Gyulen 83 yoshda edi. Turkiya rasmiylari uni 2016 yilda harbiy to‘ntarishga urinishda ayblamoqda.
Fathulloh Gyulenning o‘limi haqida uning jiyani Ebuseleme Gyulen X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. "Fathulloh Gyulen qalbining ufqlariga yetib keldi. Alloh rahmatiga olsin" - deb yozadi u.
Fathulloh Gulen 1970 yillarda Turkiyada paydo bo‘lgan FETO harakatiga rahbarlik qilgan. U o‘zini islomga pasifist va zamonaviy qarashni targ‘ib qiluvchi tashkilot sifatida ta’riflagan. Harakat siyosiy ta’sirga intilishda ayblangan. FETO tuzilmasi ommaviy axborot vositalari, maktablar va xayriya tashkilotlarini o‘z ichiga oladi.