Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va AQSh prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qilib, Ukraina, NATO va F-16 yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.
Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Muzokaralar chog‘ida Ukrainaning NATOdagi pozisiyasi, Shvesiyaning NATOga a’zoligi, F-16 samolyotlarini yetkazib berish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lish jarayoni muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, liderlar NATO sammitida Vilnyusda shaxsan uchrashib, Turkiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni batafsil muhokama qilishga kelishib olgan.