Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 500 mingga yaqin suriyalik qochqinni o‘z vatanlariga qaytarish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.
Turkiya rahbari chorshanba kuni poytaxtning Mamak tumanida so‘zlagan nutqida, Suriya shimolida yuz minglab suriyaliklar maxsus qurilgan uylarga joylashtirilishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilgan uylar bilan bir qatorda Suriya hududida Qatar ko‘magida million qochqinni joylashtirish uchun uylar qurish bo‘yicha yana bir dastur amalga oshirilmoqda.
“Uylar qurilishi allaqachon olib borilmoqda”, dedi Erdo‘g‘an, unga ko‘ra, Anqara o‘zining migrasiya siyosatida dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, AQSH, Fransiya va Germaniya tajribasini hisobga oladi.