Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Sovuq kelajakda meva yig‘ishtirib olishda muammolar tug‘diradi"

Erdo‘g‘on: "Sovuq kelajakda meva yig‘ishtirib olishda muammolar tug‘diradi"

Turkiyadagi sovuqlar qator qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazgan holda muammolarni keltirib chiqardi.

Bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyingi chiqishida ma’lum qildi.

"Yurtimizning ba’zi hududlarida keskin sovuq, qor yog‘ishi va do‘l yog‘ishi kuzatildi. Ba’zi joylarda termometrlar minus 17 darajani ko‘rsatdi. Strategik ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, g‘alla, dukkakli va yog‘li ekinlarni mahalliy oziq-ovqat bilan ta’minlashda hech qanday xavf yo‘q. Biroq haroratning pastligi tufayli meva turlarida ba’zi muammolar yuzaga kelgan. o‘rik, uzum, olma, shaftoli va nektarin”, dedi prezident.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, sovuqdan ko‘rilgan zarar haqida hozircha aniq ma’lumot bera olmagan.

"Vaziyat yetkazilgan zararni aniqlash ishlari yakunlangach, oydinlashadi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi zarur choralarni ko‘rmoqda va baholash ishlarini olib bormoqda", — dedi u.

Prezident Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi “shunday og‘ir kunlarda fermer va ishlab chiqaruvchilarni bor resurs va imkoniyatlari bilan qo‘llab-quvvatlayotganini” qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 09:41 16.04.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!