Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on seshanba kuni Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniga Turkiyaning ustuvor vazifasi chegaralarda osoyishtalikni saqlash ekani va Suriya hukumati "mamlakat shimolida voqealar eskalasiyasini yumshatish uchun haqiqiy siyosiy jarayonda" ishtirok etishi kerakligini aytdi, deb xabar berdi Reuters.
"Erdog‘an Turkiya o‘z milliy xavfsizligi va manfaatlaridan kelib chiqib, PKK terroristik tashkiloti va uning hamkorlariga sodir bo‘layotgan voqealardan foydalanmaslik uchun choralar ko‘rayotganini va (keyingi) choralarni ko‘rishini aytdi," - deyiladi Erdo‘g‘an apparati xabarida.
Ma’lum qilinishicha, Erdo‘g‘an, shuningdek, Sudaniga "Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi va barqarorligini qadrlashini" aytgan va Anqara tinch aholining halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni xohlayotganini qo‘shimcha qilgan.