Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuvda Anqara va Vashington munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini aytdi.
Ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi NATO sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.
Turkiya rahbari Turkiya va AQSh o‘rtasida davlat rahbarlari darajasida maslahatlashuvlar o‘tkazish vaqti kelganini ta’kidladi.
“Bugun men NATO maydonlarida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvni bu boradagi birinchi qadam deb bilaman. O‘tgan uchrashuvlarimiz o‘ziga xos iliqlik edi. Ammo hozir biz yangi bosqichni boshlayapmiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.