Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin uni 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etishga taklif qilganini ma’lum qildi.
“Sentyabr oyida Shanxay beshligi O‘zbekistonda uchrashadi. Uchrashuvimiz chog‘ida (Sochida) janob Putin meni Samarqanddagi sammitga taklif qildi", - dedi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo sakkiz davlatning barchasi o‘z yetakchilarining sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etishini tasdiqlagani xabar qilingandi.