Turkiyaning amaldagi hukumati mamlakat tarixidagi eng ko‘p davlat to‘ntarishiga urinishlardan jabr ko‘rgan.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Prezident Turkiyaning uzoq yillar davomida notinchlik va beqarorlikdan qochib qutula olmaganini eslatdi: “1960 yil 27 may voqealaridan keyin har 10 yilda bir marta shunga o‘xshash davlat to‘ntarishiga urinishlar takrorlandi. Hammasi xuddi shu ssenariy bo‘yicha takrorlandi: ko‘cha tartibsizliklari, universitetlardagi norozilik namoyishlari, gazetalardagi buyurtma maqolalar. Turkiya tarixida eng ko‘p to‘ntarish tashabbuslaridan jabr ko‘rgan hukumatmiz. Ammo bu urinishlarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi".
Mamlakat rahbari yangi «fuqarolik konstitusiyasi»ni qabul qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan.