Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘an mamlakatga yangi konstitusiya zarurligini aytdi

Erdo‘g‘an mamlakatga yangi konstitusiya zarurligini aytdi

Erdo‘g‘an prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytib, mamlakatga yangi konstitusiya zarurligini qo‘shimcha qildi. Bu haqida Anadolu xabar berdi.

"Meni yana prezidentlikka nomzodimni qo‘yish niyatim yo‘q. Biz faqat o‘z mamlakatimiz obro‘sini oshirishni o‘ylaymiz. Turkiya o‘zgarmoqda, dunyo o‘zgarmoqda. Biz yangi davrda yashayapmiz. Eski Turkiyada davlat to‘ntarishi paytida yaratilgan konstitusiya bilan tez o‘zgarayotgan dunyoda nimagadir erisha olamiz deb o‘ylaysizmi? Konstitusiya to‘ntarishchilar tomonidan emas, fuqarolar tomonidan taklif qilingan", — deya ta’kidladi Turkiyaning amaldagi prezidenti.

Erdo‘g‘an Turkiyadagi barcha siyosiy kuchlarni yangi konstitusiya ustida ishlashda faol ishtirok etishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq kiritilgan o‘zgartirishlarga qaramay, 1982 yilgi konstitusiya XXI asr talablariga javob bermaydi.

Kiritildi: 20:12 22.05.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!