Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘an Haniya va «raqamli fashizm» haqida gapirdi

A A A
Erdo‘g‘an Haniya va «raqamli fashizm» haqida gapirdi

Turkiya Hamas yetakchisi Ismoil Haniya uchun bir kunlik milliy motam e’lon qilib, «Falastin xalqi bilan birdamlik ko‘rsatdi», dedi Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukmron partiya qarorgohida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim dasturida so‘zlagan nutqida.

«Biz falastinlik shahidlarning fotosuratlariga ham toqat qilmaydigan va ularni darhol taqiqlaydigan va buni erkinlik deb belgilaydigan raqamli fashizmga duch keldik. Borgan sari buzuqlashib borayotgan qallob davlat (Isroil) vahshiylikning barcha shakllarini namoyish etmoqda.

Ukam Ismoil Haniyaning shu yerda (Turkiyada) chiqish qilishini rejalashtirgan edik. Afsuski, ertasi kuni biz uning shahid bo‘lganligi haqidagi xabarni oldik», dedi Erdo‘g‘an hayajonlanib.

Kiritildi: 18:45 05.08.2024. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!