Turkiya Suriyadagi voqealarni yaqindan kuzatmoqda va turli darajalarda aloqalar davom etmoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Turkiya Suriya inqirozini mamlakatning hududiy yaxlitligi, milliy birlikni saqlash va xalq talablari asosida hal qilishga umid qilmoqda", - dedi Erdog‘an.