Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Er yuziga tupurgani uchun ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi

A A A
Er yuziga tupurgani uchun ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Ukrainaning Ivan-Frankovsk viloyat sudi 69 yoshli erning o‘z xotini o‘ldirganligi to‘g‘risidagi jinoiy ishni ko‘rib chiqdi, deya xabar berdi “lenta.ru”. Ajablanarlisi, bu qotillikka Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko sababchi bo‘lgan.

Joriy yilning mart oyida Novichka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi bu juftlik Oliy Rada deputati Savchenko bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatiga bag‘ishlangan radio efirni tinglashayotgan edi. Shunda yerkak xotiniga Rada deputatiga ishonchni kuchaytirmasligini aytgan. Bunga javoban ayol uni vatanparvarlikning yo‘qligi bilan ayblagan, bu ham yetmagandek onasining rus millatiga mansubligini eslatib, haqorat qilgan va yuziga tupurgan.

Bundan qattiq g‘azabga tushgan er dastlab ayolni qattiq urgan, so‘ng arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyatni yashirish uchun jasadni boshqa xonaga olib chiqib, gilamga o‘ragan. Telefonini esa o‘chirib qo‘ygan.

Bir necha kundan so‘ng erkakning uyiga qo‘shnisi keladi. Rafiqasini so‘ragan ayolga xotini telefonini suvga tushirib yuborganligini va hozirgina kasalxonaga ketganligini aytadi. Shifoxonada dugonasini ko‘rmagan ayol huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qiladi. Olib borilgan tekshiruvlar natijasida ayolning jasadi topiladi. Dolinsk rayon sudi erkakni qotillikda aybdor deb topdi va yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Kiritildi: 14:55 27.06.2018. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik