Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Er sayyorasining ichki yadrosi unchalik “qattiq” emas – olimlar

A A A
Er sayyorasining ichki yadrosi unchalik “qattiq” emas – olimlar

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sayyora yadrosi qattiq va suyuq tuzilmalardan iborat.

Bu zilzila to‘lqinlarining kuchsiz aks-sadolari yordamida aniqlandi.

Erning ichki yadrosi temir va nikeldan iborat. Uning diametri taxminan 2440 kilometr.

“Biz Yerning yadrosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaganimiz uchun zilzila to‘lqinlarini o‘lchash va yadroviy qurol sinovlarini kuzatish uchun sozlangan yigirmatacha seysmometr ma’lumotlaridan foydalandik. Tadqiqot davomida biz 5,7 va undan yuqori magnitudali to‘lqinlarga e’tibor qaratdik – ular sayyoraning ichki yadrosiga tebranib, zaif aks-sadoni qaytaradi. Jami 2455 ta shunday zilzila ko‘rib chiqildi”, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, Yuta universiteti seysmologi Kit Koper.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu signallar nihoyatda kichik – o‘lchami taxminan bir nanometr. Shuning uchun ularni aniqlash nihoyatda qiyin, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 15:19 12.07.2023. O'qildi: 2056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!