Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Er olib berishni va’da qilgan firibgar 10 000 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

Er olib berishni va’da qilgan firibgar  10 000 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi nazorat bo‘yicha inspektori SH.D. fuqarolar G‘. va R.ning ishonchiga kirib, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun parrandachilik kompleksi qurishda tanishlari orqali 22 000 AQSh dollari evaziga Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani hududidan yer maydoni olib berishni va’da qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:15 16.09.2021. O'qildi: 1995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!