AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda AQSh tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.
Tomonlar global muammolar bo‘yicha o‘zlarining umumiy pozisiyalarini tasdiqladilar, Falastin-Isroil mojarosi, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildilar.
Siyosatchilarning uchrashuvi Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tdi.