Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Eng xavfli noutbukka ham xaridor topildi – u rekord narxda sotildi!

Eng xavfli noutbukka ham xaridor topildi – u rekord narxda sotildi!

Internet-rassom Go O Dong naq oltita eng xavfli virus joylangan noutbukni kimoshdi savdosiga qo‘ygani haqida xabar bergandik. «Shuni oladigan tentak bormikan o‘zi?» deganlar ham bo‘ldi, ammo...

Xullasi kalom, auksionda chindan ham savdo qizidi va nihoyat bu xavfli noutbuk sotildi. O‘ziyam rekord darajada qimmat narxda – naq 1,345 million dollarga ketdi bu matoh!

Aytib o‘tish kerakki, ushbu xavfli noutbukni kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan DeepInstinct kompaniyasi «The Persistence Chaos» («Barqaror xaos») loyihasi doirasida tayyorlagan. Ushbu tashkilot va Go O Dong o‘zaro kelishib, 2008 yili ishlab chiqarilgan Samsung NC10-14GB noutbukini sotib olishgan va insoniyat tarixidagi eng xavfli oltita virusni unga o‘rnatishgan.

Internet-rassomning aytishiga ko‘ra, 11 yil avval bu noutbuk narxi 499 dollar bo‘lgan, uni viruslar bilan «ta’minlash» va umuman jihozlash uchun esa 10 ming dollardan oshiq mablag‘ sarflangan. Lekin auksiondagi narxi bilan solishtirsak, bu xarajatlar arzimas bir miqdorga o‘xshab qoladi.

Darvoqe, eng xavfli noutbukni sotib olgan xaridor o‘z shaxsini ochiqlamagan. Ishqilib, kelajakda u «Pandora qutisi»ni ochib yubormasin-da...

Kiritildi: 21:46 29.05.2019. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!