Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Eng kuchli kompyuter ham ojiz qoladigan tezlik

A A A
Eng kuchli kompyuter ham ojiz qoladigan tezlik

Olimlar asalari ko‘rish uchun ultrabinafshadan foydalanishini aniqladilar. Ma’lumki, ultrabinafsha to‘lqinlarining qisqaligi bilan boshqa to‘lqinlardan farq qiladi. Shu bois ham asalari narsalarni insondan ko‘ra ancha tez shaklda ko‘radi. Chunki u gullar orasidan nektar yig‘ish maqsadida uchayotganda gullarni tezkorlik bilan aniqlashi kerak. Asalari video ko‘radigan bo‘lsa, faqatgina qimirlamay turgan rasmlarni ko‘radi. Sababi uning ko‘rish tezligi insonnikidan ancha tez. Bizning ko‘zimiz ketma-ket o‘tayotgan tasvirlarning orasini ajrata olmay harakatlanayotgandek ko‘radi. Asalari esa mazkur tasvirlarni tinch turgan rasm holida ko‘radi.

Olimlarning aytishlaricha, asalari bir soniyada trillionta matematik amaliyotni bajarar ekan. Bu holat esa dunyodagi har qanday kuchli kompyuterdan ham tezkor sanaladi. Asalarining ko‘zlari yorug‘likni qabul qiluvchi bir necha ming linzalardan iborat bo‘lib, bu uning insondan afzalroq ko‘rishiga sabab bo‘ladi.

Bugun olimlar asalarining ko‘zlariga o‘xshash linzali kamera yasashga urindilar. Lekin Buyuk Musavvir tomonidan yaratilgan ko‘zlar oldida ojizlarcha to‘xtab qoldilar.

Asalari ko‘zlari kichik linzalardan iborat bo‘lib, mazkur linzalar olti burchakli shakldadir. Ushbu ko‘zlar asalari o‘rmonlardan o‘tayotganda ko‘rishga, xususan arilar jamoasi ichida uchish paytida to‘siqlarga urilib ketmasligiga sabab bo‘ladi.

Moddaparast olimlar ushbu arilar miyasi milliardlab hujayralarni o‘z ichiga olishini, miyasining hajmi ignaning boshi kattaligidan oshmasligini bilsalarda, asalari ko‘rish amaliyotini qanday rivojlantira olarkin deb hayron bo‘ladilar.

Eng kuchli kompyuter ham ojiz qoladigan tezlik

Bu rasmdagi asalarining boshi bo‘lib, undagi miyaning hajmi ignaning boshi kattaligidan oshmaydi. Shunga qaramasdan miya milliardlab hujayralarni o‘z ichiga olgan, barcha hujayra dunyodagi eng ulkan kompyuter ojiz qoladigan darajada katta tezlik bilan ishlaydi.

Sun’iy ko‘z yasab, o‘sha orqali asalari ko‘ziga taqlid qilishga uringanlardan biri professor Li «Tabiat qimmat texnikalarga ehtiyoj sezmasdan komil, tartibli binolarni ustma-ust qilib qanday qura olayotganini tushunishni qanchalar istardim» degan.

Uning savoliga javobni ushbu oyatdan topamiz:

«U osmonlaru yerni benazir qilib yaratuvchidir. Uning xotini bo‘lmay turib, bolasi qanday bo‘lsin?! U hamma narsani O‘zi yaratdi va U hamma narsani o‘ta biluvchidir. Ana o‘sha Alloh sizning Robbingizdir. Undan o‘zga iloh yo‘q. U har bir narsaning Yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsa uzra vakildir! Ko‘zlar Uni idrok eta olmas, U ko‘zlarni idrok etar. U har bir narsani daqiqa va nozik joylarigacha biluvchidir, o‘ta xabardordir» (An’om surasi, 101-103-oyatlar)

Abduddoim Kahel maqolasi asosida

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Manba: islom.uz

Kiritildi: 04:30 02.11.2020. O'qildi: 3552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!