Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida

Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tadbirkorlarga zarur imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgani, xususan, birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trln 575 mlrd so‘m ajratilgani tilga olingan. Shuni hisobidan hududlarda 3 trln 600 mlrd so‘mlik 2400 ta loyihani amalga oshirish boshlandi.

«Natijada, 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan xizmatlar ko‘rsatish hajmi 18,3 foizga oshdi… Men eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Qoraqalpog‘istonda ko‘rsatkichlar past ekani tanqid qilindi.

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Milliy bank boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatovga 1 sentyabrga qadar xizmatlar sohasida 120 mingta, yil yakuniga qadar 415 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish topshirig‘i berilgan.

Kiritildi: 09:28 04.08.2021. O'qildi: 4717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!