Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.D.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari “Mustaqillikning-27 yilligi” MFY hududidagi parrandachilik fermasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 322,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.D. “Guliston” MFY hududidagi dam olish maskanida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 222,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:40 14.07.2025. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!