Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.M. “Uchchinor” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 416,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.S. “Bulung‘ur” MFY hududidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 126,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:35 10.06.2025. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!