Qirg‘izistonda haydovchilik guvohnomasi imtihonini imo-ishora tili bilan tarjima qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqda mamlakatning Transport vositalari va haydovchilarni ro‘yxatga olish davlat agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yil dekabr oyidan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha nazariy imtihon eshitishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun surdo-tarjimoni imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan maqsad barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratish va haydovchilik guvohnomasini olish jarayonining qulayligini yaxshilashdan iborat.
Endi eshitish qobiliyati zaif fuqarolar imtihonning nazariy qismini professional surdo-tarjimon yordamida videoyozuv orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi, bu esa ularga ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtirish va yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan muvaffaqiyatli o‘tish imkonini beradi.
Imtihonning barcha bosqichlarida, jumladan, ko‘rsatmalar va savollarga javob berishda imo-ishora tilidan foydalaniladi va tarjima qilinadi.
Bu “Unaa” loyihasining “Qirg‘iz ko‘zi ojizlar va karlar jamiyati” jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Joriy etilgan xizmat eshitish qobiliyati zaif shaxslarning jamiyat hayotiga integrasiyalashuviga, ularning harakatchanligi va mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi.