Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaqinda haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali inson omilisiz o‘tkaziladi

A A A
Yaqinda haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali inson omilisiz o‘tkaziladi

Prezidentning «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 7 dekabrdagi 4913-sonli qarorining ijrosi doirasida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tashkil qilingan xususiy imtihon markazlari o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Mazkur markazlarda imtihonlar to‘liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonida e’tirozlarga sabab bo‘layotgan korrupsion holatlarga chek qo‘yadi.
«Shuni inobatga olib, barcha avtomaktablar ma’muriyatidan o‘z o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘rgatib, haydovchilik huquqini olish masalasiga mas’uliyat bilan jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:40 02.12.2021. O'qildi: 3615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!