Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Endi o‘zbekistonliklar ID-karta va xorijga chiqish pasportini pochta orqali olishi mumkin bo‘ladi

A A A
Endi o‘zbekistonliklar ID-karta va xorijga chiqish pasportini pochta orqali olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 31 iyuldagi qarori bilan migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 1-oktabrga qadar ID-karta va xorijga chiqish pasportlarini pochta orqali egalariga yetkazib berish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 dekabrdan boshlab, migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xamda transportni ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan murojaat etuvchining yashash joyiga borib, planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida qushimcha to‘lov asosida ko‘rsatiladi.

Sayyor davlat xizmatlaridan foydalanishni xohlovchilar quyidagi yo‘llar orqali murojaat qilishlari mumkin:

• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

• Call-markaz, rasmiy veb-sayt xamda mobil ilova.

Murojaat qiluvchi shaxs sayyor davlat xizmatidan foydalanish uchun istalgan bo‘sh kunni belgilashi mumkin.

Murojaatchi sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun standart to‘lov va yig‘imlardan tashqari transport xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘ladi. Bunda to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining (agar masofa 10 km ichida bo‘lsa) 21,9 foizdan (100 km bo‘lsa) 83,2 foizigacha qiymatda hisoblanadi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga murojaat qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida qo‘shimcha to‘lovlar olinmagan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;
  • muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
  • ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar;
  • etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar.

Bundan tashqari, fuqarolar avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish va davlat raqam belgilarini berish sayyor davlat xizmatiga buyurtma berishlari mumkin.

Kiritildi: 19:13 08.08.2023. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!