Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Endi o‘zbekistonlik migrantlar Slovakiyaga borishlari mumkin

Endi o‘zbekistonlik  migrantlar Slovakiyaga borishlari mumkin

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi YA.Bori va “SLOVMEDIA SK s.r.o.” kadrlar agentligi vakili T.Bresk ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikada xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilib, ularni Slovakiyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va “SLOVMEDIA SK s.r.o.” kadrlar agentligi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiya Respublikasiga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida fuqarolarni yuk mashinalari haydovchisi yo‘nalishi bo‘yicha ishga yuborish ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 17:54 10.11.2021. O'qildi: 3857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!