Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Endi jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘laydi

A A A
Endi jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘laydi

Endilikda jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘laydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shodiyor Ahmedov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«2021 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning ko‘p qavatli uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari mol-mulk solig‘i ob’ekti qatoriga kiritildi. Kadastr idoralari tomonidan avtomashina turar joyi uchun alohida kadast hujjati va qiymati rasmiylashtiriladi» — dedi Ahmedov.

Ta’kidlanishicha, avtomashina turar joylari uchun soliq kadastr qiymatidan 0,23 foiz stavkada to‘lanadi.

«Misol tariqasida, avtoturargohning kadastr qiymati 11 mln so‘m bo‘lsa, yillik mol-mulk solig‘i miqdori — 25 300 [11 mlnning 0,23 foizi — 25 300] so‘m qilib belgilanadi. To‘lov muddati 15 aprel va 15 oktyabr», — dedi DSQ vakili.

Bunga qadar jismoniy shaxslar avtoturargohga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan 2% stavkada [11 mlnning 2 foizi — 220 ming] mol-mulk solig‘ini to‘lar edi.

Kiritildi: 17:46 29.01.2021. O'qildi: 3889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!