Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Endi hukumatni mahalliy aholi boshqaradi

A A A
Endi hukumatni mahalliy aholi boshqaradi

Turkiya Suriyaning Afrin hududini jangarilardan tozaladi va u yerdagi boshqaruvni mahalliy aholiga topshirdi.

Bu haqda xorijiy jurnalistlar bilan Afringa borgan Turkiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xami Oqsoy ma’lum qildi. Mazkur jarayon TRT Haber telekanali orqali efirga uzatildi.

Oqsoy Turkiyaning Afrindagi faoliyati bilan bog‘liq dezinformasiya kompaniyasi kuzatilganini ham qo‘shimcha qildi.

«Bugun sizlar bu yerda bo‘lib turibsiz va barchasini o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Hayot yaxshi tomonga o‘zgardi. Afrinda hech qanday qo‘poruvchilik yo‘q», – dedi Oqsoy.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:56 03.07.2018. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik