Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Endi GM Uzbekistan​ avtomobillariga bron qilgan mijozlar 24 soat ichida to‘lovni amalga oshirishi lozim

A A A
Endi GM Uzbekistan​ avtomobillariga bron qilgan mijozlar 24 soat ichida to‘lovni amalga oshirishi lozim

GM Uzbekistan dilerda mavjud avtomobillarni bronlash (band qilish) muddatlari bir kungacha qisqarayotganini ma’lum qiladi. Endilikda Uzavtosavdo platformasi orqali avtomobilni bron qilgan mijoz 24 soat davomida uni xarid qilish uchun shartnoma imzolashi va/yoki to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. 

Bu haqda GM Uzbekistan​ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Uzavtosavdo.uz platformasini optimallashtirish dilerlik markazlarida avtomobil xaridi jarayonida yuzaga kelayotgan soxta arizalardan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Avtomobil broni 1 kun saqlanadi. Ushbu muddat tugagach tanlangan avtomobil brondan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish uchun O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan Uzavtosavdo internet va mobil platformasi ishga tushirildi. Yangi platforma orqali xaridor mustaqil ravishda avtomobil modeli, modifikasiyasi, rangi va hatto dilerlik markazini tanlashi hamda avtomobil uchun to‘liq yoki qisman to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olish, Yagona identifikasiya tizimida (One ID) ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lgan taqdirda avtomobilni ilova orqali xorijda turib ham xarid qilish mumkin", deyiladi xabarda.

xs.uz

Kiritildi: 16:00 23.11.2018. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!