Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

💉 Emlanish shar’an joiz — Fatvo hay’ati vaksina olishning hukmini e’lon qildi

A A A
💉 Emlanish shar’an joiz — Fatvo hay’ati vaksina olishning hukmini e’lon qildi


▫️Birinchidan, dinimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra, Alloh taolo har bir dardning shifosini ham bergan.

▫️Ikkinchidan, ba’zi kishilar kasal emasligini ro‘kach qilib, vaksina olishga beparvo bo‘ladilar, vaholanki shariatimizda bemorlikdan avval undan saqlanishga buyurilgan. Demak, bemor bo‘lmagan kimsalar ham kasallik tegishining oldini olishi va shunga sabab bo‘ladigan muolajalarni qilishi dinimiz talabidir.

▫️Uchinchidan, dinimizdagi asosiy qoidalardan biri — o‘ziga ham o‘zgaga ham zarar bermaslik. Demak, vaksinani olishimiz birinchi navbatda o‘zimizning sog‘ligimiz, qolaversa, yaqinlarimizning sog‘ligini saqlashga sabab bo‘ladi.

▫️To‘rtinchidan, hozirgi kunda Haj va Umra ziyorati safarini rejalashtirayotgan kishilardan ham birinchi navbatda vaksina bilan emlangan bo‘lishi talab qilinmoqda. Qolaversa, dunyoning har qanday davlatiga bormoqchi bo‘lgan kishidan vaksina bilan emlanganlik so‘ralmoqda.

Xulosa shuki, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan fuqarolarimizga yetkazib berilayotgan vaksinalarni olishimizga dinimiz ruxsat beradi. Emlanish shar’an joiz, chunki bu davolanishning bir ko‘rinishidir.

http://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/item/28163

Kiritildi: 22:51 11.08.2021. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!