Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Elmira Bositxonova Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanida bo‘ldi

Elmira Bositxonova Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanida bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabr kungi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6110-sonli Farmoni ijrosini o‘rganish, Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va soha xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Bu yerda Qo‘qon shahri, Dang‘ara, Beshariq, Furqat, O‘zbekiston, Uchko‘prik  tuman tibbiyot birlashmalari bosh vrachlari, o‘rinbosarlari, koordinatorlari va bosh xamshiralari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazdi.

Bundan tashqari, shahardagi Do‘stlik mahallasida mahalla faollari bilan uchrashdi, 8-oilaviy poliklinikada bo‘lib, xodimlar bilan xatlov natijalarini tahlil qildi. Salomatlik guruhlariga ajratilgan fuqarolarga tibbiy xizmat tashkil qilish bo‘yicha maslahat va takliflar berdi.

Shundan so‘ng Qo‘qon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinkasidagi  “Ayollar maslahatxonasi”ning bir haftalik ishini tahlil qildi. 

Shuningdek, shahardagi ayrim xonadonlarga borib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Elmira Bositxonova shu kuni Dang‘ara tumanida ham bo‘lib, tibbiyot muassasalari faoliyatini monitoring qildi, xonadonlarga kirib aholi bilan samimiy suhbatlashdi, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
 

Kiritildi: 11:46 22.01.2021. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!