Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Elektron sigaretalarning tashqi ko‘rinishi aldamchi bo‘ladi

A A A
Elektron sigaretalarning tashqi ko‘rinishi aldamchi bo‘ladi

Elektron sigaretalar ommalashib borayotganiga uning zamonaviy ko‘rinishi ham sabab bo‘lmoqda. Afsuski, bunga aldanib, organizmini zaharlashga odatlanib qolayotgan yoshlar talaygina.

— Ba’zi elektron sigaretalar odatiy tamaki mahsulotlariga o‘xshasa-da, ularning ayrimlari bolalar va o‘smirlarni o‘ziga jalb qilish uchun kundalik ishlatiladigan buyumlar, masalan, bolalar multfilmlaridagi suratlar tushirilgan ruchkalar, USB-flesh kartalar shaklida ishlab chiqarilmoqda, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov.

♻️ — Bunday marketing yondashuvi elektron sigaretalarni, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashishiga sabab bo‘lyapti.

🔋 Batareykalar quvvati va elektron sxemalaridagi har xillik tufayli bunday mahsulotlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.

🚬 Ulardagi nikotinning organizmga so‘rilishi tutunni tortish davomiyligi, nafas olish va foydalanish chastotasi, shuningdek boshqa omillarga ham bog‘liq.

🧨 Ba’zi chekuvchilar nikotin yoki boshqa narkotik moddalarning organizmga so‘rilishini yaxshilash maqsadida elektron sigaretalarning konstruksiyasini o‘zgartirishi, masalan, akkumulyator quvvatini oshirishlari kuzatiladi. Bu esa sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

🔺 Bir marta foydalaniladigan elektron sigaretalar nikotinli suyuqlikni almashtirib yoki qaytadan to‘ldirib bo‘lmaydigan sig‘imda bo‘ladi.

🪣 Qurilmadagi bug‘latgich va bir marta foydalaniladigan batareya suyuqlik tugagandan so‘ng tashlab yuboriladi.

⚠️ Bir martalik elektron sigareta 300 va undan ko‘p marta tortishga mo‘ljallangan. Unda nikotin miqdori 1 millilitrda 60 milligrammni tashkil etadi. Bu odatdagi 3 ta quti sigaretadagi nikotin miqdoriga teng.

Kiritildi: 11:53 17.02.2024. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!