Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Elektromobillarning «umri» qisqami?

Elektromobillarning «umri» qisqami?

Xitoydagi elektromobil egalari o‘z mashinalarini ichki yonuv dvigatelli (IYOD) avtomobillar egalariga qaraganda sezilarli darajada tez-tez almashtirishadi.

Bu haqda China Press gazetasi Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va «Hejun Consulting» kompaniyasining qo‘shma hisobotiga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi elektromobillarning o‘rtacha yoshi 1,8 yilni, IYODga ega avtomobillarniki esa 8,2 yilni tashkil etadi.

Hisobot mualliflari bu tendensiyani texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotgani bilan izohlashmoqda: ikki-uch yil oldingi modellar yurish masofasi (zapas xoda), quvvatlanish tezligi va kompyuter tizimining imkoniyatlari bo‘yicha yangilaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda, shu sababli egalari avtomobilini tezroq yangilashga qaror qilishyapti.

Kiritildi: 23:44 12.07.2026. O'qildi: 5719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!