Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Elektromobillar bilan kelajakka yo‘l!

Elektromobillar bilan kelajakka yo‘l!

AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinda amerikaliklarga elektromobillar va quyesh batareyalariga o‘tishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish orqali har bir kishi yiliga 500 dollar tejab qolish imkoniyatiga ega, sababi yeqilg‘i quyish shaxobchalarida qimmat yeqilg‘i uchun pul to‘lanmaydi.
AlixPartners konsalting kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, jahonda sotilgan yangi avtomobillarning umumiy hajmidan elektromobillarning ulushi 2028-yilda 33 foizga, 2035-yilga kelib esa 54 foizga oshadi.
2018-yilda Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilikka erishishni rejalashtirayetganini malum qildi. Ushbu maqsad uchun kompaniya 2023-yilgacha 50 mlrd dollar sarflashni maqsad qilgan.
Volkswagenning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Yaponiyaning Toyota kompaniyasi ham 2019-yilning yezida o‘z modellarining elektrlashtirilgan versiyalarini ishlab chiqarishga tayergarlik ko‘rayetganini elon qilgandi.
Xitoy va Yevropa 2030-yilgacha elektromobillar uchun dominant bozor bo‘ladi. AQSh bozorida elektromobillarning mahalliy modellari ayniqsa, pikap sigmentidagi elektromobillar rivojlanishi tezlasha boshlaydi. Hatto Rossiya ham joriy yilning oxiriga qadar o‘z elektromobilini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirgan.
Bu borada O‘zbekistonda ishlar qay holda? Zero, O‘zbekistonning iqlim sharoitidan kelib chiqib, elektromobillar ishlab chiqarish nihoyatda istiqbolli deb hisoblash mumkinligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.
Joriy yilning fevral oyida davlatimiz rahbari ishtirokida mashinasozlikni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda elektromobillarni rivojlantirish masalalari hai muhokama qilingan edi.
Shavkat Mirziyeev texnik talab va standartlarni, shuningdek, mahalliylashtirish masalarini hisobga olgan holda elektromobillar sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Aavtomobilsozlik sohasi giganti bo‘lgan BYD bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlikni rivojlantirib kelayetgan "O‘zavtosanoat" AJ O‘zbekistonda elektromobillarni mahalliylashtirishda bosh rolda bo‘ladi.
Xitoyning BYD avtokonserni elektromobillar sohasida yetakchi hisoblanadi. U yangi energiya manbalaridan foydalangan holda yengil avtomobillar, krossoverlar, tijorat avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradi. 2022-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, kompaniya 641 mingdan ortiq elektromobil sotgan. Bu unga Tesla ni ortda qoldirib, dastlabki olti oy ichida elektromobillar savdosi bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanish imkonini berdi. Shu kunlarda O‘zbekistonda BYD ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Bitim imzolandi. Bundan tashqari, kelishuv shartlari ishlab chiqarilayetgan mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga oladi-keyingi bosqichlarda dvigatellar, elektrodvigatellar, shuningdek, elektromobillar uchun akkumlyator batareyalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
UzAuto korxonalarida BYD qaysi modellarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirayetgani hali nomalum. Biroq, avtomobil mutaxassislari taxminlarga ko‘p ham etibor berishmaydi. Ushbu loyiha, jumladan, kime sanoati korxonalariga kuchli turtki beradi. Zaryadlash stansiyalari infratuzilmasini rivojlantirish boshqa xizmatlarning kengayishiga olib keladi. Bunda EZS nafaqat elektr transport vositalarini quvvatlantirish, balki tegishli mahsulotlarni sotish orqali ham daromad oladi.
Albatta, avtomobilsozlikda yuqori samarani hisobga olgan holda ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishi muqarrar ravishda boshqa tegishli sohalarning rivojlanishiga olib keladi. Ushbu loyihaga jalb qilingan yuqori saviyali mutaxassislarga bo‘lgan talab yosh avlodning ko‘p mutaxassisliklar bo‘yicha sifatli ta’lim olishiga turtki bo‘ladi. O‘zbekistonda eng zamonaviy transport vositalaridan tashqari, yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarish hamda yuqori toifali muhandislar sonini ko‘paytirishga, texnika fanlarini rivojlantirishga, shuningdek, korparativ va ishlab chiqarish madaniyatini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Endi sarlavhamizga qaytadigan bo‘lsak, chindan ham kelajakka yo‘l elektromobillarsiz bo‘lmasligini yana bir bor takidlash kerak.

Kiritildi: 18:25 22.08.2022. O'qildi: 4265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!