Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Eldor Shomurodovga Belgiya klubidan taklif tushdi

Eldor Shomurodovga Belgiya klubidan taklif tushdi

Belgiyaning «Gent» klubi «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Sport24’ning xabar qilishicha, «Gent» 8 iyul tongida 25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferi borasida «Rostov»ga so‘rov yuborgan.

Eslatib o‘tamiz: Shomurodov 2017 yilning yozida «Bunyodkor»dan 300 ming yevro evaziga «Rostov» safiga o‘tgandi. Joriy mavsum futbolchi rostovliklar safida 26 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldorning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlari bo‘yicha, futbolchining narxi 5,2 million yevroga teng.

Kiritildi: 09:00 09.07.2020. O'qildi: 3550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!