Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Elchining qizi": Neslihanning serialdan ketishi bilan bog‘liq mish-mishlar haqiqatmi?

A A A
"Elchining qizi": Neslihanning serialdan ketishi bilan bog‘liq mish-mishlar haqiqatmi?

Neslihan Atagulning "Elchining qizi" teleserialidan ketishi aktrisaning ham, loyihaning ham turkiyalik, ham chet ellik muxlislari orasida norozilikka sabab bo‘ldi.

Taniqli turkiyalik sharhlovchi Birsen Altuntash serial prodyuserlari bilan suhbatda aktrisa bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“So‘nggi haftalarda Neslihanning vazni 45 kilogrammgacha kamaydi va u juda charchagandi. Biroq, kasalliklarga qaramay, ishlashni davom ettirdi.

Men oxirigacha kurashdim. Ammo uni kasalxonaga yotqizishga majbur bo‘ldik. Matbuotda Neslihanning ssenariyning sifati tufayli serialni tark etgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Bu yolg‘on. Neslihan toliqqanicha ishladi va uning ketishiga faqat sog‘liq bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi», deb yozadi Altuntash.

Aktrisaning o‘zi va serialning prodyuserlik guruhining rasmiy bayonotiga qaramay, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Neslihanga boshqa bir yaxshiroq taklif tushganligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Aktrisaning menejeri bu ma’lumotni rad etdi.

«Har doimgidek hammasi ostin-ustun bo‘lib ketdi. Neslihanga bir necha oy oldin raqamli platforma loyihasida ishtirok etish taklifi kelib tushgan, ammo "Elchining qizi" serialida ishlashni afzal ko‘rgan holda rad etgan", – deya menejerning so‘zlarini keltiradi sharhlovchi.

 

Kiritildi: 14:51 23.01.2021. O'qildi: 5040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!