Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ekologiya vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Ekologiya vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obid Qudratov boshchiligidagi jamoa Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib, elchi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi va Eron hukumati hamda xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.
Obid Qudratov Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va hukumat a’zolari bo‘lgan vertolyotning halokatga uchrashi jamoani chuqur qayg‘uga solganini ta’kidladi. Vazir fojia qurbonlarining oilalari, yaqinlariga sabr-toqat tilab, Ekologiya vazirligi jamoasi nomidan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, O.Qudratov birodar Eron xalqi qayg‘usiga sherik ekanligini bildirgan holda elchixonada halokat munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobida ta’ziya so‘zlarini yozib qoldirdi.

Kiritildi: 13:43 22.05.2024. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!