Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Ekaterinburgda qo‘lga olingan ozarboyjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ekaterinburgda qo‘lga olingan ozarboyjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Yekaterinburgda 27 iyun kuni o‘tkazilgan reyd doirasida hibsga olingan shaxslar – Mazahir Safarov, Akif Safarov, Ayaz Safarov, Ahliman Ganjiyev, Shahin Lalayev va Bakir Safarovga rasmiy ayblov qo‘yilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, tergovchilar ularni Yekaterinburgda 2001 yilda Yunus Pashayevni o‘ldirish, 2010 yilda Fehruz Shirinovga suiqasd qilish va 2011 yilda Ikram Gadjiyevni o‘ldirish kabi og‘ir jinoyatlarda ayblamoqda. Ushbu jinoyatlar sababi biznesdagi ta’sir doiralarini bo‘lishish va shaxsiy adovat bilan izohlanmoqda.

"Ularning besh nafariga oldindan til biriktirib, buyurtma asosida odam o‘ldirish va suiqasd moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Barcha gumonlanuvchilar Rossiya fuqarolari bo‘lib, ulardan biri jinoyat joyida ko‘rsatma berib, sheriklarini fosh qildi", deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasi bayonotida.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!