Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

EIning qanday siyosiy imkoniyatlari bor?

EIning qanday siyosiy imkoniyatlari bor?

Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Szinpin Xitoyning Shenchjen shahrida uchrashar ekan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa davlatlari Berlinda yig‘ilmoqda. «Istak bildirganlar koalisiyasi» uchrashuvida AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham ishtirok etadi. Ular allaqachon Germaniya poytaxtiga yetib kelgan.

Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilayotgan ikki sammitning asosiy masalasi — Yevropa davlatlari Ukrainaning kelajagi va qit’a xavfsizligiga oid qarorlarga ta’sir o‘tkaza oladimi yoki yirik davlatlar ularning ishtirokisiz kelishuvga erishadimi?

Evropa Ittifoqining bir nechta ta’sir vositalari mavjud.

Birinchisi — Ukrainaga harbiy yordam. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha va boshqa ittifoqchilar Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, dronlar hamda uzoq masofaga zarba beruvchi qurollar yetkazib berishni davom ettirishi mumkin. Berlindagi uchrashuv arafasida London qariyb 312 million yevrolik yangi yordam paketini e’lon qildi. Unga mingdan ortiq uzoq masofaga zarba beruvchi dronlar ham kiritilgan.

Ikkinchi muhim omil — iqtisodiy imkoniyatlar. Yevropa Ittifoqi ulkan bozorga ega, Kiyevni moliyalashtirishni davom ettirishi, o‘zining harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishi va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni saqlab qolishi mumkin. Bu oliy darajadagi diplomatik uchrashuvlar kabi ko‘zga tashlanmasligi mumkin, ammo Ukrainaning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Uchinchi masala — xavfsizlik kafolatlari. Berlinda o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda Yevropa davlatlari qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Gap Rossiya tomonidan ehtimoliy yangi hujumning oldini olishga qaratilgan kafolatlar haqida bormoqda.

Agar bunday kelishuvlarga erishilsa, Yevropa nafaqat qurol-yarog‘ va moliyaviy yordam yetkazib beruvchi, balki kelajakdagi tinchlik kelishuvining bevosita kafili sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.

Evropaning asosiy zaif tomoni esa — birdamlikning yetishmasligi. AQSH, Rossiya va Xitoydan farqli o‘laroq, Yevropa yagona siyosiy markazga ega emas. Qarorlar Yevropa komissiyasi, Yevropa Ittifoqi Kengashi va pozisiyalari Moskvaga nisbatan turlicha bo‘lgan 27 ta a’zo davlat hukumati o‘rtasida kelishilishi kerak.

Kiritildi: 20:38 19.11.2026. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik