Bugun 18 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

EI Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni to‘sib qo‘ysa, 1944-yilgi Belgiya farmonidan foydalanadi - FT

EI Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni to‘sib qo‘ysa, 1944-yilgi Belgiya farmonidan foydalanadi - FT

Agar Vengriya sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘ysa, Yevropa Ittifoqi milliy qonunlarga murojaat qiladi, deb Financial Times manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Rossiyaning muzlatilgan 190 milliard yevroga yaqin aktivlari Belgiyaning Euroclear depozitariysida saqlanayotgan. Sanksiyalar bo‘lmasa, kompaniyaning aktivlarni saqlashni davom ettirish uchun huquqiy asosi qolmaydi va "mablag‘lar ertasi kuniyoq Rossiyaga o‘tib ketadi," deya gazetaga noma’lum amaldor ma’lum qilgan.

Ikkinchi jahon urushi davridagi Belgiya farmoni qirolga mamlakatdan aktivlarni olib chiqishni to‘xtatib qo‘yish huquqini beradi. Shunday qilib, bu alohida davlat darajasidagi vetoni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Qirol Filipp ma’muriyati u bilan ushbu masala muhokama qilingan-qilinmaganini oshkor etishdan bosh tortdi. Qirol saroyida ta’kidlanishicha, bunday farmon monarx tomonidan imzolanishi lozim bo‘lsa-da, uning uchun javobgarlik hukumat zimmasida bo‘ladi.

Belgiya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari Budapesht bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishish umidida. FT manbalaridan biri ta’kidlashicha, agar Bryussel 1944 yilgi farmonni qo‘llasa, bu Rossiya va Belgiya o‘rtasidagi ikki tomonlama investisiya kelishuvini buzadi.

Sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish uchun Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari bu qarorni ma’qullashlari shart.

Kiritildi: 20:36 17.01.2025. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!