Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

EI Venesuelaga 5 million yevro ajratdi

EI Venesuelaga 5 million yevro ajratdi

Evropa Ittifoqi vayronkor zilziladan jabr ko‘rgan Venesuelaga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 5 million yevro ajratdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Venesuela vise-prezidenti Delsi Rodriges bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqot yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.

«EI tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan aholi punktlariga favqulodda yordam sifatida allaqachon 5 million yevro ajratdi. Biz Yevropa fuqarolik muhofazasi mexanizmini ishga tushirdik va ittifoqqa a’zo bir nechta davlatlar zudlik bilan qidiruv-qutqaruv guruhlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy xodimlarni jo‘natdilar», — deb yozdi Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning «Copernicus» sun’iy yo‘ldosh tizimi ham qutqaruv operasiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va u eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarga yordam yetkazishni muvofiqlashtirishda ko‘maklashmoqda.

Kiritildi: 14:24 28.06.2026. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik