Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

EI va Ukraina qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv imzoladi

EI va Ukraina qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Evropa Ittifoqi va Ukraina yangi qishloq xo‘jaligi savdosi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu hujjat oy boshida bekor qilingan vaqtinchalik choralarning o‘rnini bosadi va urushgacha amalda bo‘lgan bojxona imtiyozlari hamda kvotalarning qisman tiklanishini nazarda tutadi. Ammo ayrim muhim mahsulotlar bo‘yicha qattiq cheklovlar saqlab qolindi.

Evrokomissar Marosh Shefchovichning ta’kidlashicha, bu kelishuv "geosiyosiy sharoitlarni hisobga olgan holda muvozanatli va realistik". Urush boshlangan 2022 yilda Bryussel Qora dengiz blokadasini qoplash maqsadida ukrain qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan barcha boj va kvotalarni bekor qilgan edi. Biroq Polsha, Fransiya va Bolgariyada fermerlar arzon ukrain mahsulotlaridan norozi bo‘lib chiqishdi va bu yetarli bosimdan so‘ng iyun oyida cheklovlarni qayta joriy qilishga olib keldi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, kam ta’sirchan tovarlar (masalan, zamburug‘ ekstrakti, uzum sharbati, fermentlangan sut mahsulotlari) uchun eksport kvotalari oshiriladi. Biroq asosiy mahsulotlar — shakar, tuxum, bug‘doy, jo‘xori va tovuq go‘shti uchun qattiq cheklovlar saqlanadi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ichki bozorni himoya qilish maqsadida zarurat tug‘ilsa, shoshilinch bojlar joriy etish huquqini saqlab qolgan.

Ukraina esa 2028 yilgacha qishloq xo‘jaligidagi standartlarini — hayvonlar farovonligi, pestisidlar va veterinariya nazorati kabi sohalarni — YES me’yorlariga moslashtirishni o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ukrain bozoriga kattaroq kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kiyev esa shakar, go‘sht va cho‘chqa go‘shti bo‘yicha eksport kvotalari 20–30%ga oshib ketishini kutmoqda.

2024 yilda YES va Ukraina o‘rtasidagi savdo hajmi €67 mlrd ni tashkil etdi, shundan €18 mlrd Ukraina foydasiga bo‘ldi. Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelishuvni «mustaxkamlik va hamjihatlik ko‘prigi» deb atadi. YES mutasaddilari bu kelishuv Ukrainaga umumiy Yevropa bozoriga yaqinlashish imkonini beradi, deya ta’kidlashmoqda.

Biroq YESga qo‘shni mamlakatlardagi agrar uyushmalar bu kelishuvdan norozi. Ular ukrain mahsulotlari mahalliy bozorni yana egallab olishi mumkinligidan xavotirda. Ayrim tanqidchilar Bryussel muzokaralarni Polshadagi saylovlar tugagunicha cho‘zgan, deb hisoblashmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!