Evropa Ittifoqi Ukraina o‘zini himoya qila olishi uchun unga o‘q-dorilar yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
"Bryussel AQShning bo‘lajak harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishi e’lon qilinganidan xabardor", — deydi Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati matbuot kotibi Nabila Massrali.
"Bu, albatta, o‘q-dori yetkazib beruvchi davlatlar va Ukrainaning o‘zi hal qilishi kerak bo‘lgan masala. Ammo, umuman olganda, biz Ukraina o‘zini himoya qila olishi uchun unga o‘q-dorilar yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatlaymiz", — deb ta’kidladi u.