Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi antirossiya cheklovlarining yangi paketi doirasida uchinchi davlatlarning portlariga nisbatan sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Reuters» tegishli hujjatga tayanib xabar bermoqda.
«Evropa Ittifoqi ilk bor Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga uchinchi davlatlarning portlarini kiritishni taklif qilmoqda», — deyiladi nashrda.
Gap, xususan, Gruziyadagi Kulevi terminali va Indoneziyadagi Karimun porti haqida bormoqda.
Shu bilan birga, bank sanksiyalari ro‘yxatiga tuzatish kiritish taklif etilmoqda: undan Xitoyning ikkita banki chiqarib tashlanishi mumkin. Ammo ro‘yxatga Laos, Tojikiston va Qirg‘iziston moliyaviy tashkilotlari qo‘shilishi ehtimoli bor — ular «Rossiya uchun kriptovalyuta aktivlari sohasida xizmat ko‘rsatish»da ayblanmoqda.