EI Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaning Rossiya hududida NATO qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish masalasini muhokama qildi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.
"Biz Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan, Patriot tizimlari bilan ko‘proq ta’minlash zarurligini muhokama qildik. Shuningdek, Kiyevning Rossiya hududida Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish haqida suhbatlashdik", — deya aniqlik kiritdi Borrel.