“Bloomberg” agentligi xabar berishicha, “Evropa Ittifoqi Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik uchun harbiy salohiyatini oshirishi kerak”, degan tuzilmaning mudofaa bo‘yicha birinchi Yevropa komissari lavozimiga nomzod Andrius Kubilius.
Litva Bosh vaziri lavozimida ikki muddat ishlagan Andrius Kubilius YEI “olti-sakkiz yil ichida Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi kerak”ligini aytgan. Siyosatchi, shuningdek, YEIni qurol-yaroq va o‘q-dori ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga chaqirdi va snaryad zaxirasini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen avvalroq YEIni mudofaa ittifoqiga aylantirish niyatiligini ma’lum qilgandi.